Besh oyda umumiy quvvati 1 254 megavatt boʻlgan 6 ta yangi elektr stansiya ishga tushirildi

    Energetika 8 Iyun 2022 1079

    Joriy yilning oʻtgan besh oyi davomida umumiy quvvati 1 154 megavatt boʻlgan 5 ta issiqlik va quvvati 100 megavatt boʻlgan 1 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Xususan:

    Birinchisi, Buxoro viloyatining Buxoro tumanida quvvati 270 megavatt boʻlgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi;

    Ikkinchisi, Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 240 megavatt boʻlgan bugʻ-gaz qurilmasi;

    Uchinchisi, Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida quvvati 174 megavatt boʻlgan yangi issiqlik elektr stansiyasi;

    Toʻrtinchisi, Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 230 megavatt boʻlgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi;

    Beshinchisi, Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 240 megavatt boʻlgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi;

    Oltinchisi, Samarqand viloyatining Nurobod tumanida quvvati 100 megavatt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

    Ushbu 6 ta elektr stansiya yiliga 9 milliard 660 million kilovatt-soat elektr energiya ishlab chiqaradi. Qurilmalarning energiya tejamkorligi hisobiga yiliga 1 milliard 353 million metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

    Stansiyalar qurilishi davomida 3 260 nafar ish oʻrni yaratilgan boʻlsa, ular ishga tushishi natijasida 445 nafar yangi ish oʻrni yaratildi.

    Maʼlumot uchun: Joriy yil yakuniga qadar Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida quvvati 220 megavatt boʻlgan yangi issiqlik elektr stansiyasi (7-elektr stansiya) ishga tushiriladi, deb xabar beradi Energetika vazirligi Matbuot xizmati.