O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida 5 tashabbus doirasida tadbir tashkil etildi. Unda Senat raisi T.Norboeva va senatorlar, Madaniyat, Jismoniy tarbiya va sport, Axborot texnologiyalari va kommnikatsiyalarini rivojlantirish, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash, Bandlik va mehnat munosabatlari, Xalq ta'limi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirliklari, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Badiiy akademiya, YOzuvchilar uyushmasi va boshqa qator tashkilot rahbarlari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Oliy Majlis Senati tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir davomida shuning guvohi bo'lishimiz mumkinki, aynan birinchi tashabbus doirasida yurtimizdagi mavjud 800 dan ortiq madaniyat markazlarida 4522 ta to'garak faoliyatining yo'lga qo'yilgani xalqimiz san'atga, madaniyatga oshufta ekanidan dalolatdir.
SHuningdek, ikkinchi tashabbus borasida umumta'lim maktablarida 7064 ta sport to'garagi tashkil etilgani yoshlarning nafaqat aqlan, balki jismonan etuk bo'lishidagi sa'y-harakatlardir. SHu bilan birga, uchinchi tashabbus doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 52 ta raqamli texnologiyalar o'quv markazining ochilgani, umumta'lim maktablaridagi komp`yuter sinfxonalari soni 14940 taga etgani yoshlarimizning har jabhada etakchi bo'lishi, dunyo hamjamiyatida o'z o'rnini topishi uchun intilayotganining yaqqol isbotidir.
Ta'kidlash joizki, to'rtinchi tashabbus bo'yicha bugun mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan 201 ta axborot-kutubxona markazidagi jami kitoblar soni 16 319 587 ta etdi. Inchunun, beshinchi tashabbus doirasida ham e'tiborga loyiq chora-tadbirlar amalga oshirilgan. YUrtimizda joriy yilda ish bilan ta'minlangan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan xotin-qizlar soni 76 198, kasb-hunarga o'qitilganlar soni 15 935 nafarni tashkil qiladi.
e'tirof etmoq joizki, besh tashabbus qanchadan-qancha imkoniyatlar eshigini ochdi. YOshlarning qobiliyati va bilimini oshirish, ularni erkin fikrli, ma'naviyati yuksak insonlar etib tarbiyalashga zamin bo'ldi.
Jamshid XOJAEV,
O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senati a'zosi