“Ixlos med sentr” MCHJ ga qarashli xususiy klinika qurilishiga 7 milliard soʻm mablagʻ sarflandi. Unga 3 milliard soʻmlik zarur tibbiy jihozlar keltirilib, zamon talablari darajasida jihozlandi.

80 oʻringa moslashtirilgan davolash maskanining ochilish marosimida viloyat xokimining oʻrinbosari Fayzullo Qosimov hamda tuman hokimligi mutasaddilari qatnashdilar, deya xabar beradi tuman hokimligi matbuot xizmati.

Soʻz olganlar “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da koʻplab ijobiy ishlar amalga oshirilayotganligiga, ayniqsa, aholi salomatligini mustahkamlashda yangi tibbiy klinikalar qurilib, foydalanishga topshirilayotganligi ham muhim oʻringa ega ekanligini taʼkidlashdi.

Shu kuni ochilish marosimidan soʻng mehmonlar tibbiyot muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Klinika nafaqat xududdagi qoʻshni tumanlar aholisiga, balki qoʻshni davlatlar fuqarolariga ham xizmat koʻrsatishi aytib oʻtildi.