“Beshyogʻoch” bozori oʻrnida yirik biznes markazi tashkil etilishi rad etildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi “Beshyogʻoch” dehqon bozori oʻrnida yirik biznes markazi tashkil etilishi haqida xabarlar tarqaldi. tarqalgan xabarlarga tuman hokimligi munosabat bildirdi.

    Hokimlikning maʼlum qilishicha, Turk kompaniyasi bilan boʻlib oʻtgan yigʻilishda tumandagi “Beshyogʻoch” dehqon bozori oʻrnida yirik biznes markazi tashkil etish faqat muhokama qilinib, bu borada turk kompaniyasining taklifi tinglangan.

    Ayni vaqtda loyiha aniq amalga oshishi, uning muddatlari va qiymati haqida hech qanday rejalar yoʻq. Bunga oʻxshash takliflar yana boʻlsa, tumanga investitsiya kiritish maqsadida hokimlik investorlar bilan uchrashishga tayyor.

    Shu oʻrnida, ommaviy axborot vositalari va Telegram kanallardan maʼlumot tarqatishda eʼtiborliroq boʻlishni, tarqatilgan maʼlumot orqali aholi orasida notoʻgʻri fikr uygʻotmaslikni soʻrab qolamiz, — deyiladi xabarda.