Hodisa joyiga tezkor ravishda yetib kelgan qutqaruv xizmatlari yong‘inni qisqa vaqt ichida nazoratga olib, soat 18:18 da to‘liq bartaraf etdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu yong‘in oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.
Shunga qaramasdan, ijtimoiy tarmoqlarda voqea natijasida jabrlanganlar borligi haqida turli xabarlar tarqaldi. Vazirlik bu kabi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirib, rasmiy manbalarga tayanish muhimligini ta’kidladi.
Bayonotda aytilishicha, ayrim elektron nashrlar va blogerlar axborotni noto‘g‘ri talqin qilmasligi, mavjud ma’lumotlardan to‘g‘ri va mas’uliyat bilan foydalanishi zarur.