Soat taxminan 18:30 da o‘sha yoʻl “Toshkent -Samarqand” yoʻnalishining 997 kilometrida “Lacetti” rusumli avtomashina katta tezlikda harakatlanib, shu yoʻnalishda harakatlanib ketayotgan boshqa bir “Lacetti” rusumli avtomashinaning chap yon tomoniga urilib, yoʻlni boʻlib turgan beton toʻsiqni buzib oʻtib, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib ketayotgan “Kia” rusumli yuk avtomashinasi bilan toʻqnashgan.

Birlamchi maʼlumotlarga koʻra, katta tezlikda harakatlanib kelgan “Lacetti” avtomashinasida yongʻin kelib chiqqan, avtomashinada boʻlgan haydovchi va bir nafar yoʻlovchi hodisa joyda vafot etgan, qolgan 3 nafar yoʻlovchilar tibbiy muassasasiga yotqizilgan, ikkinchi “Lacetti” rusumli avtomashina yoʻl chetida agʻdarilib ketgan, avtomashinada boʻlgan haydovchi va yoʻlovchi tan jarohatlari olmagan, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelgan “Kia” yuk avtomashina haydovchisi ham tan jarohatlari olmagan.

Hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda. Hodisa yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.