Ammo tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, mazkur emlash vositasining samaradorligi taxminan 60 foizga teng va vaqt oʻtishi bilan uning taʼsir kuchi sezilarli darajada kamayadi.
Shundan kelib chiqib, bu gal Oksford universiteti olimlari yangi vaksina yaratishga bel bogʻladi. Natija kutilganidek ijobiy boʻldi. Yangi preparatga “Oxford R21/Matrix-M” deb nom berildi.
Maʼlum boʻlishicha, u bezgakning oldini olishda 77 foiz samara beradi va buster dozasi kasallik yuqishidan ikki yil davomida himoyalaydi.
Mutaxassislar yangi vaksina mazkur xavfli kasallikka qarshi kurashda juda katta natija berishiga umid qilishmoqda, deya xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xorij manbalariga tayanib.