YAqinda Zineddin Zidan Frantsiya milliy termasi bosh murabbiyi bo'lishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. Kuni kecha esa Ok Diario nashri Qatarda o'tayotgan jahon chempionatida jamoasi o'yinidan qoniqmagan Braziliya futbol konfederatsiyasi ushbu mutaxassis xizmatiga qiziqayotgani  haqida yozdi.

Xabarida aytilishicha, avval Pep Gvardiola bilan muzokaralar olib borilgan. Ammo u muvaffaqiyatsiz yakunlangach, BFK Zidanni milliy jamoaga bosh murabbiy etib tayinlashga harakat qilmoqda.