Unda agentlik rahbari o'qituvchilar malakasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot bergan.
Maqsadimiz — insonlar hayotida ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarni amalga oshirishdan iborat. Kuchli va farovon millatni shakllantirishda bizga yordam beruvchi “global fuqarolar”ni tarbiyalash orqali O'zbekiston taraqqiyotiga hissa qo'shmoqchimiz.
21-asr ko'nikmalariga ega, har tomonlama barkamol kadrlarni tayyorlash uchun biz avvalo ularning ta'limiga e'tibor qaratishimiz lozim. O'qituvchilar esa muayyan ilmiy darajaga yoki karer`aga erishgandan keyin ham o'rganishdan to'xtab qolmasligi kerak, deydi agentlik rahbari interv`yuda.