Tantanali marosim soʻzga chiqqan olim va pedagoglar talabalik safiga qabul qilingan yoshlarni qutlab, vatanga sodiq, yurt kelajagi va taraqqiyotiga daxldor, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrga ega boʻlgan, fuqarolik burchini chuqur his qiladigan barkamol inson boʻlib yetishishga tilak bildirdi.
Anʼanaviy tarzda tashkil etilgan “Mustaqillik darsi”da talaba-yoshlarga istiqlolga erishish hamda uni mustahkamlash yoʻlidagi mashaqqatlar, mamlakatimizning ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyoti, xalqaro hamjamiyatdagi obroʻ- eʼtibori haqida soʻzlab berildi. Shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, oliy taʼlim tizimidagi islohotlar xususida toʻxtalindi.
Joriy yilda Toshkent davlat texnika universitetiga davlat granti asosida 735 va kontrakt toʻlov asosida 3340 nafar talaba oʻqishga qabul qilindi. 35 nafar talaba esa imtiyoz asosida oʻqishga kirdi.