Microsoft asoschisi Bill Geyts Wiredga bergan intervyusida koronavirus pandemiyasi qachon tugashini maʼlum qildi.

Milliarderning soʻzlariga koʻra, koronavirus pandemiyasini faqat ikki yarim yil ichida toʻxtatish mumkin.

"Mening tushunishimcha, biz - boy dunyo, buni asosan 2021-yil oxiricha amalga oshira olamiz va butun dunyo 2022-yil oxiriga qadar buni yengib chiqadi. Bu faqat innovatsiyalar koʻlami bilan bogʻliq. Ammo bunga erishishguncha biz bezgak, poliomiyelit va OIVga qarshi kurashish borasida juda koʻp narsa yoʻqotamiz”, dedi Geyts.

Geytsning fikricha pandemiya trillionlab dollar iqtisodiy yetkazdi, ammo vaksina ishlab chiqarish uchun sarflangan sarmoyani eʼtibordan chetda qoldirib boʻlmaydi.

“Men butun dunyo boʻylab ikkita vaksina mavjud boʻlishiga ishonaman”, dedi Geyts. Uning soʻzlariga koʻra, koronavirusga qarshi dori-darmonlarni sinab koʻrish Xitoy va Rossiyada qizgʻin davom etmoqda, Bill va Melinda Geyts jamgʻarmasi esa oʻz vaksinasidan kelib chiqadigan nojoʻya taʼsirlarni izlash va tekshirish uchun uch-toʻrt oy vaqt kerak boʻladi.

Shuningdek, milliarderning aytishicha, pandemiya shaxsan uning harakatini cheklab qoʻygan, chunki tadbirkor ilgari koʻp sayohat qilgan. “Men koʻp narsaga ulguryapman. Mening bolalarim uyda oʻylaganimdan koʻra koʻproq vaqt oʻtkazishmoqda, bu esa menga juda yoqadi. Mikrotoʻlqinli pechda koʻp bora taom tayyorladim va oʻylaymanki unchalik yomon chiqmadi. Men buni juda yaxshi oʻrgandim. Afsuski, pandemiya avvaldan boy boʻlganlarga zaifroq taʼsir qildi”, dedi Geyts.