Bu boʻyicha Hukumatning “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori (727-son, 17.11.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2027-yil 1-oktyabrga qadar MSK-64 shkalasi boʻyicha 8 va undan yuqori balli seysmik faol zonalarda maxsus seysmik himoyalash uskunalari yordamida loyihalashtirishga ustuvorlik beriladigan obyektlar turlari tasdiqlanadi.
2026-yil 1-fevraldan:
- Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktyabrdagi 603-son qarori asosida beriladigan zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosa uchun undiriladigan toʻlov miqdori 50 foizga qisqartiriladi;
- bir xil seriyali obyektlarga ilmiy xulosalar faqat 1 marotaba toʻlov asosida beriladi, qolgan shu turdagi obyektlarning loyihalariga ilmiy xulosa berish uchun toʻlov undirilmaydi.
Zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar berish «Shaffof qurilish« milliy axborot tizimiga integratsiya qilinadi.