Binolar devorlarida ishlangan mozaikalar mozaika kompozitsiyalari madaniy meros roʻyxatiga kiritiladi

    Respublika hududida joylashgan binolar devorlarida ishlangan mozaika kompozitsiyalari Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari roʻyxatiga kiritiladi.

    Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilingan.

    Bu roʻyxatga kiritilgan obyektlar mavjud boʻlgan turar joy va noturar joylardagi, ularning muhofaza tegralari va tutash hududlarida rejalashtirilgan qurilish ishlari bilan bogʻliq boʻlgan har qanday faoliyat turi Madaniy meros agentligining xulosasi olingandan soʻng amalga oshiriladi.

    Qayd etilishicha, binolar devorlarida ishlangan mozaika kompozitsiyalarini belgilangan tartibda davlat kadastriga kiritiladi.

    Roʻyxatga kiritilgan obyektlar mavjud boʻlgan turar joy va noturar joylarning kadastr hujjatiga ushbu obyektlar madaniy qiymatiga egaligi toʻgʻrisida tegishli yozuv kiritiladi.