Yangi tartibga koʻra, endilikda fuqarolar xorijdan 10 xil nomdagi, birlamchi qadoqda boʻlgan biologik faol qoʻshimchalarni har biridan bitta qadoqdan oshmagan miqdorda olib kirishlari mumkin. Bunda ularning umumiy ogʻirligi 3 kilogrammdan oshmasligi shart.
Avval amalda boʻlgan tartibda biologik faol qoʻshimchalarni olib kirish meʼyorlari ularning shakliga qarab belgilangan edi. Masalan, tabletka yoki kapsula koʻrinishidagi qoʻshimchalardan 100 donagacha olib kirishga ruxsat berilgan. Biroq amaliyotda bir qadoqda 100 donadan ortiq mahsulot boʻlishi holatlari koʻp uchragan.
Yangi oʻzgartishlar aholining taklif va ehtiyojlarini inobatga olgan holda qabul qilingan boʻlib, biologik faol qoʻshimchalarni shaxsiy ehtiyoj uchun olib kirish tartibini soddalashtirishga qaratilgan.