BioNTech kompaniyasi saratonga qarshi vaksinani muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o'tkazdi

    BioNTech saratonga qarshi vaksinani muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o'tkazdi. Bu haqda BioNTech asoschilaridan biri Ug'ur Shahin ma'lum qildi.

    Uning ta'kidlashicha, bundan ko'zlangan maqsad 2025 va 2029-yillar oralig'ida bir qator boshqa terapevtik yondashuvlar uchun ma'lumotlariga ega bo'lishdir.

    Shahin birinchi shaxsiylashtirilgan mRNK asosidagi saratonga qarshi vaksinalar 2030-yilgacha tasdiqlanishi mumkinligiga umid qilmoqda.

    “Biz bemordan qon va o'sma namunalarini olamiz va to'rt haftadan so'ng individual emlashni amalga oshiramiz... Ideal holda, bu 100 emas, balki yiliga o'n minglab bemorlar”, dedi u.

    O'tgan oy kompaniya mRNK saratoniga qarshi vaksina va CAR-T hujayralari terapiyasining kombinatsiyasi bo'yicha birinchi klinik sinov natijalarini e'lon qildi. Deyarli barcha bemorlarda o'smalar o'sishni to'xtatdi va deyarli uchdan ikki qismga qisqardi, deb xabar beradi korrespondent.net.