Boshqa shaxsga tegishli boʻlgan “Lacetti” rusumli avtomobilni tegishli hujjatlarsiz boshqarib borgan 18 yoshli Bekzod ikki nafar piyodalarni urib yuborgan va boshqaruvni yoʻqotib, qarama qarshi harakat yoʻliga oʻtib 51 yoshli Maʼrufjon boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomobilga toʻqnashgan.

YTH natijasida piyodalar – 22 yoshli Nozimaxon va uning ikki yoshli qizi Nazokatlar badan shikastlaridan voqea joyida hayotdan koʻz yumdilar. Marhumalarning yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etamiz. Avtomobil haydovchilari shifoxonaga yetkazildilar.

YTH fakti asosida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 3 qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.