Oʻzbekistonda 2016-yil 1-iyuldan quvvati 40 Vt.dan yuqori boʻlgan choʻgʻlanma lampalarni erkin muomalaga chiqarish, 2017-yil 1-yanvardan esa ularni sotish taqiqlangan. Bu Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-oktyabrdagi 299-sonli qarorida belgilab berilgan.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Oʻzbekistonda energiya samarasiz choʻgʻlanma lampa ishlab chiqarilmaydi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, hozirda faqat bunday lampalar chet davlatda ishlab chiqariladi va eksport qilinadi.
Shunga qaramay, afsuski, bugungi kunda ham bozor rastalarida ushbu 40 Vt.dan yuqori boʻlgan, samaradorligi juda past boʻlgan choʻgʻlanma lampalar sotilmoqda. Afsuski, butun dunyoda energiya tejamkorlik mavzusi dolzarb boʻlgan mana shu kunlarda.
Xoʻsh, energiyani tejash nima uchun kerak? Xususan, elektr energiyasi isteʼmolida energiya samarasiz choʻgʻlanma lampa va energiya tejamkor, zamonaviy LED lampasining ahamiyatini tahlil qilamiz.
Birgina energiya tejovchi svetodiod — LED lampasining qanchalar foydali ekanini bilasizmi?
Agar foydalanilayotgan 100 Vt quvvatli choʻgʻlanma lampalarni 7 Vt quvvatli energiya tejovchi lampalarga almashtirilsa, sutka davomida 8 soat ishlaganda quyidagilar sarflanadi:
- 100 Vt quvvatli lampa bir kunda oʻrtacha 8 soat ishlasa 800 Vt.soat, bir oyda esa 24 kilovatt-soat elektr energiyasi sarflaydi.
- 7 Vt quvvatli energiya tejovchi lampa esa, bir kunda 8 soat ishlasa 56 Vt, bir oyda (30 kun) 1,6 kilovatt-soat elektr energiyasi sarflaydi.
Demak, bir dona energiya tejovchi lampa bir oyda 22.4 kilovatt-soat elektr energiyasini iqtisod qiladi.
Bu esa, elektr energiyasining amaldagi 295 soʻm tarifi boʻyicha hisoblaganda, bir dona energiya tejovchi lampa bir oyda 6 608 soʻm, bir yilda esa 79 296 soʻm iqtisod qiladi.
Maʼlumot uchun: 100 Vt quvvatli energiya samarasiz lampa beradigan nur oʻrnini undan 15 marotaba energiya tejamkor boʻlgan 7 Vt quvvatli LED lampasi bosa oladi.
Oʻzbekistondagi 7 million xonadon misolida tahlil qiladigan boʻlsak, birgina energiya tejamkor lampa oʻrnatilishi hisobiga bir yilda 156 mln. kVt.soat elektr energiyasi tejalishiga erishiladi.
Ushbu bir dona energiya tejamkor lampa orqali tejalgan elektr energiyasi 1 045 ta xonadonning bir oylik ilteʼmolini tashkil qiladi.
Ushbu tahlillar faqatgina bir dona lampa misolida olib borildi.
100 Vt quvvat isteʼmol qiladigan choʻgʻlanma lampalar, arzon tannaxrda ishlab chiqarish vajida boʻlsa kerak, juda sifatsiz va mavjud standartlarni chetlab oʻtgan holda ishlab chiqarilmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, xavfsizlik texnikasi va yongʻin xavfsizligi qoidalariga mutlaqo zid hisoblanadi.