Reyd davomida Toshkent viloyati Oxangaron tumani Eyvalik hududida bir guruh fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda bir dona qimmatbaho daraxt – qayragʻoch kesilishi bilan bogʻliq holat aniqlandi. Tezkor tadbir davomida 5 ta qayragʻoch daraxtining saqlanib qolinishiga erishildi.

Oʻzbekiston Respublikasi MJtK 79-modda 1-qismi bilan 1 mln 350 ming soʻm jarima hamda oʻsimlik dunyosiga 118 mln 705 ming soʻm zarar hisoblandi.

Ayni damda surishtiruv ishlari davom etmoqda. Holatga oydinlik kiritilgunga qadar ehtiyot chorasi sifatida huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar vaqtinchalik Oxangaron tumani IIBda ushlab turiladi, deyiladi Davlat ekologiya qoʻmitasi axborot xizmati tarqatgan xabarda.

Batafsil maʼlumotlar qoʻshimcha ravishda maʼlum qilinadi.