Bu haqda turkmen.news xabar bermoqda. Bu parvoz xorijliklarni vataniga olib boradigan ikkinchi shunday parvozdir: 10 kun oldin, Turkish airlines turk aviakompaniyasiga tegishli samolyot «Buig» fransuz qurilish kompaniyasi buyurtmasiga binoan 150 ga yaqin chet elliklar va ularning oilalarini Turkmanoboddan olib ketgandi.

Nashr manbasi Dehliga parvozni Ashxoboddagi Hindiston elchixonasi tashkil etganini aytdi. Asosiy sabab, hindistonlik mutaxassislar bilan mehnat shartnomalari va viza shartlarining allaqachon tugagani, shuningdek, Turkmanistonda yuzaga kelgan tushunarsiz epidemiologik vaziyat, mamlakatda COVID-19 bor yoki yoʻqligi aniq emasligi.

Manbalarga koʻra, ishchilarini evakuatsiya qiladigan bu ikkita charter reys oxirgisi emas. Yaqin kelajakda yana boshqa bir guruh xorijliklar Turkmanistonni tark etadi.