O'zbekistonning Qozog'istondagi elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, Narikbaev nomidagi Qozog'iston davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan 35 nafar vatandoshimiz «Uzbekistan Airways»  OAJ  samolyoti orqali uyga qaytayapti.

“O'tayotgan hafta davomida o'zbekistonliklar qo'shni Qozog'istondagi voqealarni katta hayajon bilan kuzatmoqda, - deb yozgan Qozog'iston davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalar ota-onalari qo'mitasi raisi To'ra To'raev o'zining Telegram-kanalida. - Va ko'pchilik ushbu mamlakatda bo'lib turgan o'z yaqinlari hayoti uchun qayg'urgani haqiqat. Bular orasida Narikbaev nomidagi Qozog'iston davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari ham bor.

"Dunyo" AA muxbirining aytishicha, ushbu talabalarning ota-onalari farzandlarining taqdiri haqida qayg'urib, o'zlarini qo'yishga joy topa olmadi. Ammo davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoevning ijtimoiy siyosati va respublika fuqarolariga bo'lgan yuksak e'tibori tufayli bir necha soatdan keyin bizning farzandlarimiz Toshkentga etib keladi.

Barcha talabalarning ota-onalari nomidan farzandlarimizni Vatanga qaytarish bo'yicha amalga oshirilgan ushbu sa'y-harakatlar uchun O'zbekistonning Qozog'istondagi elchixonasiga minnatdorlik bildiramiz. Ayni paytda ushbu universitetning barcha talabalari samolyotda uchib kelmoqda.

Jonajon yurtimiz  va qo'shni davlatlarda  tinchlik bardavom bo'lsin”.

eslatib o'tamiz, O'zbekistonning Qozog'istondagi diplomatiya vakolatxonalari odatdagi tartibda faoliyat yuritmoqda. Zarur hollarda O'zbekiston fuqarolariga huquqiy yordam ko'rsatilmoqda.

Zarurat tug'ilganda yurtdoshlarimiz istalgan vaqti O'zbekistonning Nur-Sulton (telefon: +7 771 020 36 73), Olma-ota (telefon: +7 777 950 44 33) va Oqtov (telefon: +7 777 599 00 51) shaharlaridagi diplomatiya vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin.