Bir guruh tadbirkorlarni mukofotlash to‘g‘risida

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

    O‘zining ishbilarmonlik va tashabbuskorlik fazilatlari bilan tadbirkorlik sohasida investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani, turli yo‘nalishdagi saxovat va homiylik ishlari bilan jamiyatimizda o‘zaro ko‘mak va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotgani, hududlar infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy obyektlarni qurish, aholi uchun ko‘plab qulay sharoit va imkoniyatlarni yaratishda boshqalarga alohida ibrat va namuna bo‘layotgani uchun quyidagilar mukofotlansin:

    «Mehnat shuhrati» ordeni bilan

    Abduraximov Avaz Ergashboyevich - Yakkasaroy tumanidagi «64 BIT» mas’uliyati cheklangan jamiyati maslahatchisi, Toshkent shahri

    Ag‘zamov Hamidulla Atovullayevich - Zangiota tumanidagi «Toys Uz» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

    Zoitbekov Yusufbek Qudratbek o‘g‘li - Zangiota tumanidagi «Lider Kabel Group» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

    Ibragimov Rashid Xasanovich - Toshkent tumanidagi «Online building project» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

    Karimbayev Xo‘rsandjon Dadajonovich - Zangiota tumanidagi «Farm Diyor» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

    «Do‘stlik» ordeni bilan

    Musina Alfiya Raximovna - Alkogolsiz ichimliklar va sharbat ishlab chiqaruvchilar uyushmasi raisi

    Raximbayev Aydin - Qozog‘iston Respublikasining «BI Group» xoldingi direktorlar kengashi raisi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Sh.Mirziyoyev