O‘zining ishbilarmonlik va tashabbuskorlik fazilatlari bilan tadbirkorlik sohasida investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani, turli yo‘nalishdagi saxovat va homiylik ishlari bilan jamiyatimizda o‘zaro ko‘mak va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotgani, hududlar infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy obyektlarni qurish, aholi uchun ko‘plab qulay sharoit va imkoniyatlarni yaratishda boshqalarga alohida ibrat va namuna bo‘layotgani uchun quyidagilar mukofotlansin:

 

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Abduraximov Avaz Ergashboyevich - Yakkasaroy tumanidagi «64 BIT» mas’uliyati cheklangan jamiyati maslahatchisi, Toshkent shahri

Ag‘zamov Hamidulla Atovullayevich - Zangiota tumanidagi «Toys Uz» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

Zoitbekov Yusufbek Qudratbek o‘g‘li - Zangiota tumanidagi «Lider Kabel Group» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

Ibragimov Rashid Xasanovich - Toshkent tumanidagi «Online building project» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

Karimbayev Xo‘rsandjon Dadajonovich - Zangiota tumanidagi «Farm Diyor» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

 

«Do‘stlik» ordeni bilan

Musina Alfiya Raximovna - Alkogolsiz ichimliklar va sharbat ishlab chiqaruvchilar uyushmasi raisi

Raximbayev Aydin - Qozog‘iston Respublikasining «BI Group» xoldingi direktorlar kengashi raisi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev