Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk viloyatidagi “Standart plyus” korxonasiga 18 nafar yurtdoshimiz tashkiliy tarzda ishga jo'natildi. Ular Toshkent shahrida o'tkazilgan tanlovda ishtirok etib, ish beruvchi tomonidan tanlab olingan.

Fuqarolar qishloq xo'jaligi ishlarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshiradi. Toshkent xalqaro aeroportida ular bilan targ'ibot ishlari olib borilib, sohaga oid buklet, tarqatma materiallar berildi.