Mana ushbu sanaga ham sanoqli kunlar qoldi.

Uy-joylar va xonadonlar toki fuqarolar nomiga notarial tartibda rasmiylashtirilgunga qadar “Oʻzshahar qurilish invest” IKning mulki hisoblanadi.

Bugungi kunga kelib, hududiy komissiyalar tomonidan uy-joylarga biriktirilgan fuqarolarning koʻpchiligi yuqoridagi imtiyozdan foydalangan holda uy-joylarni oʻz nomlariga rasmiylashtirib olishdi.

Ammo turli sabablarga koʻra uy-joylarni oʻz nomlariga rasmiylashtirishga ulgurmagan fuqarolar oʻzlariga biriktirilgan xonadonlarni 2020-yil 1-iyulga qadar oʻz nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib, ipoteka krediti yoki toʻliq oʻz yonidan toʻlash orqali xonadon qiymati “Oʻzshahar qurilish invest” IKga toʻlab berilmasa, uy-joylar narxiga 15 foiz qoʻshilgan qiymat soligʻi qoʻshiladi.

Masalan, 1 m2 oʻrtacha 3 980 000 soʻmlik uy-joylarda narx qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan 4 577 000 soʻmni (QQS 597 000 soʻm) tashkil qiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib uy-joylarga biriktirilgan fuqarolardan uy-joylar narxlari QQS qoʻshilishi hisobiga keskin oshib ketishining oldini olish uchun joriy yilning iyul oyi 1 sanasiga qadar xonadonlarni oʻz nomlariga notarial tartibda rasmiylashtirishlari soʻraladi.

P.S. Ushbu talab uy-joylarni oʻz nomlariga notarial tartibda rasmiylashtirib, ipoteka kreditlari ajratilgan fuqarolarga taalluqli emas.