Bunda sotuvlarning 87,4% - birja savdolari, 4,6% - ko'rgazma-yarmarka savdolari, 7,4% - elektron davlat xaridlari va 0,5% - avtoraqamlarning onlayn-auktsioniga to'g'ri keldi.
O'zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi bergan ma'lumotlarga ko'ra, ko'rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 891,2 mlrd so'mlik tovar resurslari sotilgan, bu esa avvalgi haftaga nisbatan 26,0% ga ko'pdir.
O'tgan haftada birja savdolariga qo'yilgan 1 353,0 tonna paxta yog'idan 164,0 tonnasi, ya'ni 86,0% sotilgan. O'tkazilgan savdolarda har kuni o'rtacha 90 ta xaridor ishtirok etgan.
O'tgan haftada paxta yog'ining boshlang'ich narxi o'rtacha 10,5% ga ko'tarilgan, shu sababli barcha navli paxta yog'ining kunlik o'rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 11 390,6 ming so'mdan 12 836,9 ming so'mgacha, ya'ni 12,7% ga o'sdi. Hafta yakunlariga ko'ra 1-navli paxta yog'ining haftalik kotirovkasi 0,5% ga o'sib, mahsulotni bir tonnasi uchun 10 720,0 ming so'mni tashkil etgan.
Hafta davomida birja savdolariga qo'yilgan 2 756,0 tonna shakardan 838,0 tonnasi, ya'ni 30,4% sotilgan. SHakarning barcha kategoriyasi bo'yicha shakllangan kunlik o'rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5 829,5 ming so'mdan 5 851,6 ming so'mgacha, ya'ni 0,4% ga ko'tarilgan. O'tkazilgan birja savdolari natijasida shakarning 3-kategoriyasi bo'yicha shakllangan o'rtacha haftalik narxi avvalgi haftaga nisbatan deyarli o'zgarmadi va mahsulotni bir tonnasi uchun 5 843,9 ming so'mni tashkil etgan.
O'tgan haftada birja savdolariga 51 498,0 tonna AI-80 markali avtomobil` benzini qo'yilgan va ulardan 11 918,1 tonnasi, ya'ni 23,1% sotilgan. O'tkazilgan savdolarda har kuni o'rtacha 39 xaridor ishtirok etgan.
Ko'rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil` benzinning kunlik o'rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 4 855,9 ming so'mdan 4 899,3 ming so'mgacha, ya'ni 0,9% ga ko'tarilgan.
Ko'rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil` benzinning o'rtacha haftalik kotirovkasi benzinning bir tonnasi uchun 4 904,8 ming so'mni, AI-91 benzinining o'rtacha haftalik kotirovkasi benzinning bir tonnasi uchun 5 668,6 ming so'mni tashkil etgan.