Bir vaqtlar paxta saqlash va tozalashga moʻljallangan korxona ancha yillardan buyon faoliyat yuritmayotgandi. Aynan “Tuproqqalʼa tekstil” MCHJ tomonidan ajratilgan 8 milliard soʻm mablagʻ hisobidan ushbu korxona faoliyati qayta yoʻlga qoʻyiladi va tuman fermerlari yetishtirgan paxta xom ashyosini saqlash va qayta ishlash amalga oshiriladi. Bu yerda ham 150 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi koʻzda tutilgan.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, bugungi kunda Tuproqqalʼa tumanida Xorazm viloyati sanoat mahsulotlarining 47 foizi ishlab chiqarilmoqda. Yuqoridagi korxonalar ish boshlashi bilan bu koʻrsatkich 55 foizga yetishi mumkin.

Roʻzimboy HASAN,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri