Bunday bir necha ishni bajarishni qanday toʻgʻri rasmiylashtirish va ish haqini hisoblab chiqarishni “Norma”ning mehnat huquqi boʻyicha eksperti Lenara XIKMATOVA tushuntirdi:
- Bir necha kasbda (lavozimda) ishlash tartibi MKning 160-moddasi va Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisida nizom bilan tartibga solinadi.
Bir necha kasbda va lavozimda ishlash – bu xodim tomonidan oʻzining asosiy ishi bilan bir qatorda ayni shu tashkilotda ish vaqti davomida boshqa kasb va lavozimdagi qoʻshimcha ishni bajarish.
Xodimga bir necha kasbda va lavozimda ishlashdan tashqari xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirish yoki ishlar hajmini koʻpaytirish mumkin.
Xodimga yuklanadigan qoʻshimcha ishni bajarish muddati va hajmi uning yozma roziligi boʻyicha belgilanadi.
Kasblar va lavozimlarda bir necha kasb va lavozim asosida ishlashga, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirishga, ishlar hajmini koʻpaytirishga, qoidaga koʻra, jumlasiga ushbu xodim kiradigan xodimlarning ana shu toifasi doirasida ruxsat etiladi.
Kasblar va lavozimlarda bir necha kasb va lavozim asosida ishlaganlik, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirganlik yoki ishlar hajmini koʻpaytirganlik uchun qoʻshimcha haq toʻlash miqdori, agar jamoa shartnomasida yoxud boshqa lokal hujjatda oʻzgacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tomonlarning kelishuvi boʻyicha belgilanadi.