Mazkur fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Perdegүl Berdimuratova ushbu kunga qadar tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma hamda fuqarolik pasportiga ega emas edi.
Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi M.Abdijaliyev hamda Moʻynoq tumani FHDYO boʻlimi xodimlarining mazkur hududga uyushtirgan safari davomida fuqaro P.Berdimuratova va uning ikki nafar farzandiga tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalari topshirildi.
Oʻziga esa fuqarolik pasportini olishda amaliy yordam koʻrsatilib, shaxsni tasdiqlovchi hujjat olib berildi va ota-onasi Jalgʻas Berdimuratov hәm Zulfiya Aymuratovalar qonuniy nikohdan oʻtkazildi.
Natijada, bir kunning oʻzida ushbu oila aʼzolari 5 ta rasmiy hujjatga ega boʻldi.
-Yoshim 30 dan oshdi. Oʻzimku mayli, farzandlarimning hujjati boʻlmasa ularni qanday qilib bogʻchaga yoki maktabga joylashtirishimni oʻylab, qaygʻuga tushib qolgan edim. Sentyabr oyida tuman FHDYO boʻlimi tomonidan mahallamiz ahli uchun sayyor davlat xizmatlari koʻrsatish tadbiri oʻtkazilayotganligini eshitib, murojaat qildim. Oradan bir qancha vaqt oʻtmasdan murojaatim oʻzining ijobiy yechimini topdi-deydi P.Berdimuratova quvonchini yashirmay.
Keyinchalik Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi va Moʻynoq tumani FHDYO boʻlimi tomonidan boshligʻi yana 3 ta xonadon egalariga qonuniy nikohdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalari hamda ularning farzandlariga tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalari topshirildi.
Bunday imkoniyatlardan boshi koʻkka yetgan ota-onalar oʻz quvonchlarini yashira olmadi va Davlat xizmatlari agentligiga oʻzining cheksiz minnatdorchiligini izhor etdi.
Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi