Ma’lum qilinishicha, bu vaqt mobaynida “To‘qimachi” hamda “Toshkent-yo‘lovchi” temir yo‘l bekatlari oralig‘idagi yo‘lda texnik ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Bir oy mobaynida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari, “Sharq” (Toshkent–Buxoro–Toshkent), “Nasaf” (Toshkent–Qarshi–Toshkent), “O‘zbekiston” (Toshkent–Andijon–Toshkent), hamda xalqaro yo‘nalishlardagi Toshkent–Volgograd–Toshkent, Dushanbe–Toshkent–Dushanbe yo‘lovchi poyezdlari “Toshkent-Janubiy” temir yo‘l vokzal hududidan reyslarini amalga oshiradi.
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Toshkent-Markaziy” hamda “Toshkent-Janubiy” temir yo‘l vokzallaridagi barcha chiptaxonalar tunu kun faoliyat ko‘rsatadi. Bundan tashqari, chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilish mumkin.
“Toshkent-Janubiy” temir yo‘l vokzaldagi kutish zallari, vokzalga kirishda uchta bir bosqichli nazorat o‘tish punktlari doimiy ravishda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Shuningdek, bir oy mobaynida “Toshkent-Markaziy” temir yo‘l vokzalidagi chiptaxonalardan poyezd jo‘nashidan oldin chipta xarid qilgan, yoki yanglishib “Toshkent-Shimoliy” vokzalga kelib qolgan yo‘lovchilarni “Toshkent-Janubiy” temir yo‘l vokzaliga olib borish uchun vaqtincha bepul avtobuslar qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.
Shu bilan birga, Olmaota–Toshkent–Olmaota, Toshkent–Novosibirsk–Toshkent, Toshkent–Samara–Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlari hamda Toshkent–Xojikent–Toshkent shaharlararo poyezdlari qatnovi bundan mustasno, ular Shimoliy vokzaldan qatnovni davom ettiraveradi.