Kecha koʻhna qitʼada Yevropa ligasi va Yevropa Konfederatsiyalar ligasining chorak finali dastlabki oʻyinlari yakunlandi. Yevropa ligasidagi asosiy uchrashuvlardan biri Angliyaning Manchester shahrida boʻlib oʻtdi.
Mahalliy “Manchester Yunayted” Ispaniyaning “Sevilya”sini qabul qilib, durangga erishdi. Mezbonlar oʻyinning dastlabki daqiqalarida hujumkor oʻyin koʻrsatib, 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi. Lekin uchrashuv soʻngidagi ikkita avtogol tufayli yutuqni boy berdi.
YELning qolgan bahslarida quyidagi natijalar qayd etildi: “Feyenoord” – “Roma” 1:0, “Yuventus” – “Sporting” 1:0, “Bayer” – “Yunion” 1:1.
Yevropa Konfederatsiyalar ligasi ¼ bahslari esa quyidagicha yakunlandi: “Gent” – “Vest Hem” 1:1, “Bazel” – “Nissa” 2:2, “Lex” – “Fiorentina” 1:4, “Anderlext” – “AZ” 2:0.