Bir qancha avtobus va yoʻnalishli taksilarning qatnovi “FOOD CITY”ga uzaytiriladi

    Transport 9 Fevral 2023 1174

    “FOOD CITY” savdo majmuasi — “Qoʻyliq 7-metro bekati” yoʻnalishida jadval asosida harakatlanuvchi 6 ta bepul avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

    10-fevraldan Qoʻyliq dehqon bozori orqali harakatlanuvchi 39, 45, 110, 122, 130-sonli avtobus yoʻnalishlari va 8I, 9I, 25M, 61M, 55M, 73M, 99M, 170M, 191M, 195M-sonli yoʻnalishli taksilarning harakati “FOOD CITY” savdo majmuasi avtoshoxbekatiga uzaytiriladi.

    “Toshshahartransxizmat”ning maʼlum qilishicha, bu — Qoʻyliq dehqon bozori atrofidagi mavjud tirbandliklarni oldini olish va Fargʻona yoʻli koʻchasini Bektemir shossesi bilan bogʻlovchi yoʻl oʻtkazgich qurilishi hamda yoʻl-taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi bilan bogʻliq.

    Qoʻshimcha qilinishicha, “FOOD CITY” savdo majmuasi — “Qoʻyliq 7-metro bekati” yoʻnalishida jadval asosida harakatlanuvchi 6 ta bepul avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.