Bir qator sudyalar tayinlandi

    Ismailov Olimjon Xamitovich — sudyalik lavozimida boʻlishning muddatsiz davriga, shundan besh yil muddatga Toshkent shahar sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

    Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatining xabariga koʻra:

    • Almamedov Ulugbek Alidjanovich — besh yil muddatga Toshkent shahar maʼmuriy sudining raisi lavozimiga;
    • Ergashev Baxodir Abdurasulovich — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Navoiy viloyat maʼmuriy sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

    Shuningdek:

    • Abduraimov Farrux Soyibjonovich — besh yil muddatga Sirdaryo viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyat sudi raisining oʻrinbosari — jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi lavozimidan ozod etildi.

    Mazkur tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi tegishli farmoyishlariga muvofiq amalga oshirildi.