Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatining xabariga koʻra:

  • Almamedov Ulugbek Alidjanovich — besh yil muddatga Toshkent shahar maʼmuriy sudining raisi lavozimiga;
  • Ergashev Baxodir Abdurasulovich — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Navoiy viloyat maʼmuriy sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek:

  • Abduraimov Farrux Soyibjonovich — besh yil muddatga Sirdaryo viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyat sudi raisining oʻrinbosari — jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi lavozimidan ozod etildi.

Mazkur tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi tegishli farmoyishlariga muvofiq amalga oshirildi.