Jumladan, 133 kg 713.5 gr. geroin, 159 kg 478 gr. opiy, 1 tonnadan ortiq gashish, 300 kg. 786 gr. marixuana, 79 kg. 842,5 gr. koʻknor, 247 kg. 150,4 gr. kannabis hamda turli xildagi psixotrop va psixofaol moddalar yoqib yuborildi.

Oʻzbekistonda 2021-yilda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bogʻliq 7142 ta jinoyat fosh etilgan. 2020-yilda bu koʻrsatkich 6032 tani tashkil qilgan.

2021-yilda respublikada giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishida 1 tonna 864,4 kg. miqdordagi narkotik moddalar musodara qilingan.

2021-yilda giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq jinoyatlarni amalga oshirgan shaxslarning 131 nafari chet el fuqarolaridir.

Bojxona qoʻmitasining maʼlum qilishicha, yoʻq qilingan narkotik moddalarning 530 kg.dan ortigʻi bojxonachilari hissasiga toʻgʻri kelib, ular tomonidan tezkor tadbirlarda ushlab qolingan.

BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Ashita Mittal xonim giyohvandlikka qarshi kurash yoʻnalishida Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi.

Joriy yilda bojxonachilar tomonidan aniqlangan yirik holatlar va Davlat bojxona qoʻmitasining Situatsion markazi faoliyatiga toʻxtalib oʻtdi.

Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 2022-yilning oʻtgan davri mobaynida aniqlangan 186 ta holatda 558,4 kg. giyohvandlik vositalarining noqonuniy olib oʻtilishi va ichki hududdagi aylanmasiga chek qoʻyildi.

Mazkur tadbir 26-iyun - Xalqaro giyohvandlikka va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni munosabati bilan tashkil etildi.

Eslatib oʻtamiz, 2022-yil iyun oyida “Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi” tadbiri oʻtkazildi.