Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shoʻrchi tuman Ekologiya boʻlimi davlat inspektorlari tomonidan oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida fuqaro xonadoni oldida oʻsib turgan oʻsuvchanligini yoʻqotmagan bir tup Terak daraxtini noqonuniy ravishda kesib olgani maʼlum boʻldi.
Aniqlangan holat yuzasidan fuqaro E.A ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismiga asosan BHMning 25 barobari -8 million 500 ming soʻm hisobida maʼmuriy jarima belgilandi.
Ushbu holat oqibatida tabiatga 5 million 440 ming soʻm zarar yetkazilgan.
Shuningdek, fuqaroga kesilgan bir tup daraxt uchun kompensatsiya tarzida 10 tupdan koʻchat ekish va uni parvarishlab berish majburiyati yuklatildi.