Misol uchun, kollejning ishlab chiqarish taʼlim ustasi vazifasidan ishdan boʻshatilgan fuqaro D.M. oʻz huquqlarini tiklab berishni soʻrab kator tashkilotlar eshigini qoqqan. Bundan tashqari, uning manfaatida Ohangaron tumanlararo sudiga berilgan daʼvo ariza bir necha sud instansiyalarida koʻrilgan boʻlsa-da, lekin qanoatlantirilmagan.
Oxir-oqibat adolat istab D.M. Bosh prokuraturaga murojaat qilgan. Murojaat Bosh prokuraturaning Fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini taʼminlash boshqarmasi koʻrsatmasiga asosan Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan sinchkovlik bilan oʻrganilganda, xodim ish beruvchi tashabbusi bilan boʻshatish uchun ogohlantirilmaganligi, ishdan boʻshatishga rozilik berish haqidagi taqdimnoma kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqilmaganligi va boshqa qator qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.
Shu sababli, Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan Oliy sudning fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga 2021-yil 25-yanvar kuni protest keltirildi.
Protest asosida nizo sudlarda qayta koʻrilib, fuqaroning daʼvosi qanoatlantirildi.
Fuqaroni ishga tiklash, unga majburiy boʻsh yurgan kunlari uchun ish haqi undirib berish bilan bogʻliq huquqlari tiklanib, odil sudlovga erishildi.