“Neksiya-1” avtomashinasini oʻzi bilan bir yoʻnalishda oldinda harakatlanib ketayotgan, “Muravey” motorollerini quvib oʻtayotgan vaqtida roʻparasidan kelayotgan “Neksiya-2” avtomashinasining oʻng qanot qismiga urilishi natijasida, oq rangli “Neksiya-2” avtomashinasi yoʻlning chap tomonida, qarama-qarshi harakatlanib kelayotgan “Muravey” motorolleriini urib yuborgan.
Natijada, “Muravey” motorolleriini kulrang “Neksiya-2” avtomashinasi bilan toʻqnashib, YTH sodir etgan.
YTH natijasida “Muravey” haydovchisi “burun suyagi sinishi, bosh yirtilishi jarohati, travmatik shok oʻrta ogʻir jarohati” tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filialining jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Guliston tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
IIV matbuot xizmati