Qoʻqon shahar musiqali drama teatrida rejissyor Xoʻjamberdi Egamberdiyev tomonidan sahnalashtirilgan “Chol va dengiz” spektakli mutaxassislar koʻrigiga taqdim etildi.

Koʻrikda madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Ahmedov, vazirlikning Teatr va sirk sanʼatini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Maxmutbay Aytniyazov, Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi repertuar-tahririyat shoʻbasi mudiri Shorustam Abidov ishtirok etdi.

Kunning ikkinchi yarmida mutaxassislarga rejissyor Shamsiddin Usmonov tomonidan sahnalashtirilgan “Lir fojeasi” spektakli namoyish etildi.

Namoyishdan soʻng mutaxassislar va jamoat vakillari tomonidan qizgʻin muhokamalar olib borilib, aktyor va rejissyorlar mahoratini oshirish boʻyicha tavsiyalar berildi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.