Ma'lum bo'lishicha, Madina avval bir qizning onasi edi, ko'shegiz chaqaloqlar undagi ikkinchi xomiladorlik natijasidir. 

-Kesar kesish orqali tug'ilgan chaqaloqlarning birinchisi 902 gramm, ikkinchisi 1360 gramm, uchinchisi 1701 gramm, to'rtinchi kenjatoy esa 1400 gramm vaznga ega holda tug'ildi, -deydi viloyat perinal markazi direktori Iroda Muhiddinova. - Hozir ona va chaqaloqlarning ahvoli yaxshi. Barcha zarur tibbiy muolajalar o'tkazilyapti.

Albatta, bir yo'la to'rt go'dakni parvarishlash oson emas. Bu borada Namanganning eng baxtli onasi Madina Ikramovaga sog'lik va kuch-matonat tilaymiz!

Abdulla G'oziev,
Sanjarbek Hamidov.