Tadqiqot davomida Bristol va Nankin universitetlari vakillari turlarning yuz millionlab yillardagi evolyutsiyasini o'rganishdi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, zamonaviy qushlar va sudralib yuruvchilarning ilk ajdodlari bolalarni tuxumsiz dunyoga keltirgan. Boshqacha aytganda, avval tovuq, keyin esa tuxum paydo bo'lgan.

Uzoq vaqt davomida, taxminan 300 million yil oldin qattiq qobiqli tuxumlarning paydo bo'lishi to'rtoyoqlilarga yerni zabt etishga imkon beradi, deb ishonilgan. Qattiq qobiq bolalarni dushman muhitdan ishonchli himoya qildi.

Yangi tadqiqot shuni ko'rsatdiki, qadimgi turlarning “muvaffaqiyat kaliti” amniotik tuxum edi. U rivojlanayotgan embrionni issiq iqlimda qurib qolishdan himoya qilgan, deb xabar beradi mir24.tv.