«Bilasizlarmi, penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim. Uning oʻrniga oʻzim boʻlsam, deymanda. Nimaga bunday boʻlishi kerak ekana, bittagina toʻpa? Shunday mahorat koʻrsatdi, ularning koʻpi bilan gaplashdim. Ularga telegramma yubordim.

Endi biz ham darrov chempion boʻlamiz deymizda. Birinchi marotaba jamoaviy turda Olimpiadaga yoʻllanmani qoʻlga kiritdik. Bu ham katta yutugʻimiz.

Futbol ham oson ish emas. Bilasizlarmi, hozirda 5-6 ta nafar bolalarimiz dunyoga mashhur jamoalarda toʻp surmoqda. Bundan esa faxrlanaman», — dedi Shavkat Mirziyoyev.