Mazkur xalqaro ilmiy kengash aʼzolari 2018-yilda Xalqaro togʻ-kon Kongressi doirasida taʼsis etilgan Yevrosiyo togʻ-kon fanlari akademiyasi hamda metallurgiya ishi boʻyicha dunyoning 100 ta eng yetakchi ilmiy va tadqiqot markazlari sirasiga kiradigan Moskva poʻlat va qotishmalar instituti (MISiS) vakillari boʻlmish V. Melnik, V.Atrushkevich, V.Galkin, M. Raxutin, L.Kantovich singari 12 nafar dunyoga mashhur olimlardir.
Himoya dissertant N.A. Abduazizovning “Togʻ-kon mashinalari” ixtisosligi boʻyicha “Ochiq kon ekskavatorlarining gidravlik tizimlarini optimallashtirish asosida ularning samaradorligini oshirish uslublarini ishlab chiqish” mavzusida boʻlib oʻtdi.
Bugungi kunda Moskva poʻlat va qotishmalar instituti (MISiS) Milliy tadqiqotchilik texnologik universitetining Olmaliq filialida “Geotexnologiya (ochiq, yerosti va qurilish)”, “Togʻ-kon mashinalari”, “Taʼlim-tarbiya nazariyasi va metodikasi”, “Marksheyderiya” hamda “Togʻ-kon ishlab chiqarishida fizik jarayonlar” kabi ixtisosliklar boʻyicha ilmiy dissertatsiyalarni himoya qilish imkoni mavjud.
Eslatib oʻtamiz, Moskva poʻlat va qotishmalar instituti (MISiS) Milliy tadqiqotchilik texnologik universitetining Olmaliq filiali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018-yilda respublikamiz sanoati uchun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan.