U “Oʻrta Osiyo meʼmoriy yodgorliklari”, “Turkiston koʻrinishlari”, “Xiva va xivaliklar” kabi qisqa filmlar muallifidir. Ijodi davomida “Uzbekstanskaya pravda”, “Inqilob quyoshi” gazetalarida fotomuxbirlik qilib, Xorazm dalalarida birinchi traktorning paydo boʻlishi, dehqonlarga yer taqsimlanishi va ommaviy yigʻilishlarga oid koʻplab fotosurat va kinolavhalar yaratgan.
Xudoybergan Devonov hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi hujjatli film 1997-yil oʻtkazilgan Toshkent xalqaro kinofestivalida namoyish etilgan.