Unda tuman hokimligi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi mutasaddilari, Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi, “Katta Qorasuv” MFY hamda Milliy gvardiya xodimlari ishtirok etdi.

Mazkur maktab 2021/2022 oʻquv yilini 850 nafar oʻquvchi bilan boshladi.

Mirzo Ulugʻbek tuman xokimi Shavkat Irgashev hamda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshligʻi Rustam Xotamov oʻquvchilarni yangi oʻquv yili bilan tabriklab, maktab kutubxonasiga badiiy kitoblar toʻplamini sovgʻa qildi.

Tadbirda birinchi sinf oʻquvchilariga “Prezident sovgʻasi” tantanali ravishda topshirildi. Shundan soʻng 11-sinf oʻquvchilari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.