Rezina saqich haqida gap ochilsa, dadam doim bir voqeani aytib, bizni kuldiradi. Aytishicha, dadam vatan oldidagi burchini 1974-yillarda Germaniyada oʻtagan. Xizmatdan qaytayotib, bir quti rezina saqich ham olib kelgan. Oʻsha paytda qishloqda odamlar hali rezina saqichni bilmas ekanlar. Hali yoshgina qizcha boʻlgan ammam akam iris qand olib kepti, deb saqichlarning 1-2 tasini yutib yubrishga ham ulgurgan ekan. Keyin dadam bu qand emas, saqich, chaynaladi, yutib yubormagin, deb tushutirgan ekan. Hamma kulgan, deydi oʻshanda.

Ana shu rezina saqichlar ilk bor AQSHning Meyn shtatidagi Kurtis saqich kompaniyasi tomonidan 1848-yilda Kurtis asalari mumi va qaragʻay qatronidan tayyorlangan saqich ixtiro qilingan. Ushbu gʻoya shu qadar muvaffaqiyatli boʻlganki, ishlab chiqarishni koʻpaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.