Fransiyada para oʻq otish boʻyicha Jahon kubogi musobaqalari boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Server Ibragimov 50 metrga toʻpponchadan oʻq otish boʻyicha bronza, 10 metrga oʻq otish boʻyicha esa kumush medal sohibiga aylandi.
Bu muvaffaqiyatdan soʻng S. Ibragimov 2024-yili Parijda oʻtadigan XVII Paralimpiya oʻyinlar litsenziyasini qoʻlga kiritgan oʻzbekistonlik birinchi sportchiga aylandi.