Oʻzbekiston delegatsiyasi Italiyaning Milan va Kortina-dʼAmpetso shaharlarida boʻlib oʻtadigan XIV Qishki Paralimpiya oʻyinlariga 2 ta yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Para togʻ changʻisi boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari — Yulduz Maxmudova hamda Firdavs Xudoyatov Paralimpiya oʻyinlari yoʻllanmalariga sazovor boʻldilar.

Sportchilarimiz toʻrt yillikning eng muhim qishki startida gigant-slalom dasturida yurtimiz sharafini himoya qiladilar.

Maʼlumot uchun, XIV Qishki Paralimpiya oʻyinlari 2026-yil 6–15-mart kunlari Italiyaning Milan va Kortina-dʼAmpetso shaharlarida boʻlib oʻtadi, deb xabar beradi Milliy Paralimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.