Birjada 2,1 mlrd so'mlik tovarlar sotildi, shakar, suyultirilgan gaz va omuxta yem narxi pasaydi

    Biznes 14 Iyun 2023 1147

    Joriy yilning 5-11-iyun kunlari “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 133,8 mlrd soʻmlik tovarlar sotilgan boʻlib, bu avvalgi haftaga nisbatan 14,9 foizga kamdir.

    Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 72,8 foiz birja savdolariga, qolgan 27,2 foiz qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga toʻgʻri keldi.

    Koʻrib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 553,9 mlrd soʻmlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

    Shakar

    Birja savdolariga 14 202,0 tonna shakar qoʻyildi va uning 10 722,0 tonnasi, yaʼni 75,5% qismi sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 422 ta xaridor ishtirok etdi.

    Koʻrib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 12 608,4 ming soʻmdan 11 376,0 ming soʻmgacha pasaygan.

    Suyultirilgan gaz

    Oʻtgan haftada birja savdolariga 3 110,0 tonna suyultirilgan gaz qoʻyildi va uning 3 000,0 tonnasi, yaʼni 96,5% sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 139 ta xaridor ishtirok etdi.

    Koʻrib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 998,6 ming soʻmdan 4 462,1 ming soʻmgacha pasaygan.

    Omuxta yem

    Oʻtgan hafta mobaynida birja savdolariga 6 124,0 tonna omuxta yem qoʻyildi va undan 1 165,0 tonnasi, yaʼni 19,0 foiz sotildi.

    Koʻrib chiqilayotgan davrda omuxta yem boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 526,5 ming soʻmdan 2 386,9 ming soʻmgacha pasaydi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 25 ta xaridor ishtirok etdi.