Birjada AI-80 benzini sotuvi toʻxtatildi

    “Oʻzbekneftgaz” AJ 2025-yil 2-sentyabrdan boshlab, Ai-80 benzinini birja savdolari orqali sotishni toʻxtatdi.

    Bu haqda Aksionerlik jamiyatining matbuot xizmati maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, Ai-92 rusumidagi avtobenzinning birja savdolariga chiqarish hajmlari oshirildi.

    Shu vaqtga qadar 1000 tonna Ai-92 benzini savdolarga qoʻyilgan boʻlsa, bugungi kunda bu raqam 1720 tonnani tashkil etmoqda. Ichki bozor talabidan kelib chiqib, bu hajmlarni oshirish imkoniyati mavjud.

    Joriy avgust oyida tadbirkor isteʼmolchilar tomonidan xarid qilingan Ai-80 rusumidagi avtobenzin hajmlari majburiyat va mavjud qoldiqlar doirasida sentyabr oyida ham oʻz egalariga yetkazib berilishi maʼlum qilinadi.