Bunda sotuvlarning 88,4% - birja savdolari; 0,2% - koʻrgazma-yarmarka savdolari; 11,0% - elektron davlat xaridlari va 0,3% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga toʻgʻri keldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 700,9 mlrd soʻmni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida oʻtkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 15,5 mlrd soʻmlik mablagʻlari tejaldi.
Koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 2 078 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 6,0 mlrd soʻmni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 9,0% birinchi toifadagi avtoraqamlarga; 14,4% ikkinchi; 13,7% uchinchi; 13,5% toʻrtinchi; 19,0% beshinchi va 30,4% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.
Birja savdolari
Koʻrib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 644,1 mlrd soʻmlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qoʻyishdi, shu jumladan:
Paxta yogʻi
Oʻtgan haftada birja savdolarida 2 434,0 tonna paxta yogʻi sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 66 xaridor ishtirok etdi. Oʻrtacha kunlik sotuv hajmlari 609,0 tonnani tashkil qildi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yogʻining kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 15 519,0 ming soʻmdan 14 364,7 ming soʻmgacha, yaʼni 7,4% ga pasayganini taʼkidlash lozim.
Suyultirilgan gaz
Birjaning suyultirilgan gaz bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 10 399,0 tonna suyultirilgan gaz qoʻyildi va ulardan 7 487,0 tonnasi, yaʼni 72,0% qismi sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 144 xaridor ishtirok etdi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 536,7 ming soʻmdan 2 422,7 ming soʻmgacha, yaʼni 4,5%ga pasaygan.
Oʻtkazilgan birja savdolari natijasida suyultirilgan gaz boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 2 491,1 ming soʻmni tashkil etdi.
Paxta tolasi
Oʻtgan haftada birja savdolarida 7 219,0 tonna paxta tolasi sotildi. Oʻrtacha kunlik sotuv hajmlari 1 805,0 tonnani tashkil qildi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta tolasining kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 29 893,0 ming soʻmdan 27 410,6 ming soʻmgacha, yaʼni 8,3% ga pasayganini taʼkidlash lozim.
Barcha tovarlar uchun haftalik kotirovkalar bilan mazkur havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.